Hokim o‘rinbosarlariga 47ta «Nexia-3» topshirildi

© nexia-ravon.ruRavon Nexia R3
Ravon Nexia R3 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti qarori asosida amalga oshirilayotgan ushbu choralar hududiy boshqaruv organlari xodimlarining faoliyat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi kerak.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Qoraqalpog‘iston respublikasida joylashgan shahar va tuman hokimlari o‘rinbosarlariga, xizmat faoliyatini amalga oshirish uchun 47 ta yangi "Nexia-3" avtomobillari berildi, deb xabar qilmoqda Kruz.uz nashri.

Jumladan, Xo‘jayli va Kegayli tumanlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, barcha shahar va tumanlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari,  sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimlari uchun 47 ta shtat birligi ajratilgan. Ularning brachasiga «Nexia-3» avtomashinasi ajratib berildi.

O‘zbekiston Prezidentining "Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi maxsus Qarori asosida Respublika bo‘ylab hokim o‘rinbosarlarini avtomashina bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Bir necha kun oldin Andijanda tuman hokimlari o‘rinbosarlariga 50ta Nexia avtomobillari terigani haqida xabar bergan edik.

 

Yangiliklar lentasi
0