Yana bir o‘zbek bokschisi professional boksga o‘tdi

© REUTERS / /Peter Cziborrauzbekskiy bokser Fazliddin Gaipnazarov na olimpiade v Rio
uzbekskiy bokser Fazliddin Gaipnazarov na olimpiade v Rio - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fazliddin G‘oibnazarov Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan rasman shartnoma imzoladi

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov afsonaviy promouter Bob Arumga tegishli Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan rasman shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniyaning Instagramdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Xabarlarga ko‘ra, shartnomada joriy 2017-yil hisobidan 4ta jang o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Fazliddinning o‘zi bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday deb yozdi: "Xudo xohlasa, bu boshlanishi. O‘zbekistonimizni dunyoga tanitish uchun hali ko‘p mehnat qilamiz. Oldinda chempionlik janglari turibdi".

Fazliddinning professional boksdagi debuti 22-aprel kuniga mo‘ljallangan. Raqib nomi shu kunlarda ma’lum qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0