AQSh o‘nlab davlatlarga samolyotda elektron qurilmalarni olib kirishni ta’qiqladi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishPlanshet
Planshet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabar berilishicha, ta’qiq hajmi mobil telefondan katta bo‘lgan qurilmalarga joriy qilinadi

TOShKENT, 21 mar — Sputnik. AQSh hukumati samolyotlarda elektron qurilmalarni olib o‘tishni ta’qilamoqchi, deb xabar qildi RIA Novosti.

2001 yil 11-sentabrda sodir etilgan terakt - Sputnik O‘zbekiston
Sakkiz yuzdan ortiq amerikaliklar Saudiya Arabistoni ustidan da’vo arizasini berishdi
Gap Amerikaga parvoz qiladigan o‘nlab xalqaro aviareyslar haqida bormoqda. Britaniyaning Guardian nashri xabariga ko‘ra, AQSh transport xavfsizligi ma’muriyati 13 mamlakat aviakompaniyalaridan, shu jumladan Suadiya Arabistoni va Iordaniya aviakompaniyalaridan ham maxfiy ravishda samolyot yo‘lovchilariga elektron qurilmalarni olib o‘tishni ta’qiqlashni talab qilgan.

Cheklovlar Misr, Iordaniya, Quvayt, Marokash, Qatar, Saudiya Arabistoni, Turkiya va BAAdan uchadigan reyslarga joriy qilinishi aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, bunday chora terrorchilik xavfi yuzasidan qabul qilingan.

Ta’qiq haqida bugun, 21-mart kuni rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Nashrda yozilishicha, ta’qiq hajmi mobil telefondan katta bo‘lgan elektron qurilmalarga joriy qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0