Dunyoda

Ukraina AQShdan himoya soʻradi

© Sputnik / Nikolay Lazarenko / Fotobankka oʻtishAQSH va Ukraina bayroqlari
AQSH va Ukraina bayroqlari - Sputnik Oʻzbekiston
Ukraina AQShdan NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqdosh maqomini berishni soʻramoqda

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Ukraina Oliy radasi AQSH Kongressiga murojaat qilib, Kiyevga NATOdan tashqari AQShning asosiy ittifoqdoshi maqomini berish masalasini koʻrib chiqishni va mudofaa bitimini tuzishni soʻradi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Poroshenko "Ukraina okkupatsiyasi vaqtinchalik holat"ligini aytdi
Ushbu murojaatnoma ikkinchi urinishda Ukraina Oliy radasining 232 nafar deputati tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.

Hujjatda "tinchlik holatidagi" Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya hamda "harbiy harakatlar xavfi ostida boʻlgan" Janubiy Koreya, Afgʻoniston va Isroil davlatlari AQShning NATOdan tashqaridagi ittifoqdoshi maqomiga egaligi taʼkidlangan.

Hujjatda, shuningdek, Ukrainaga bunday maqom berilishi, Kiyev taʼbiri bilan aytganda, "Rossiya tajovuzkorligi"ga nuqta qoʻyishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlangan.

Ukrainaning NATOga aʼzo boʻlishi masalasidan farqli oʻlaroq, NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqdosh maqomi berilishi masalasi AQShning suveren huquqi boʻlib, bu uchun alyansga aʼzo mamlakatlar roziligi talab etilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader