Jamiyat

Oʻzbekiston va Ozarbayjon temir yoʻl sohasida hamkorlikni kengaytiradi

© ady.azVstrecha v ZAO "Azerbaydjanskiye jeleznыe dorogi" s delegatsiyey, vozglavlyayemoy pervыm zamestitelem predsedatelya Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Sodikom Safoyevыm
Vstrecha v ZAO Azerbaydjanskiye jeleznыe dorogi s delegatsiyey, vozglavlyayemoy pervыm zamestitelem predsedatelya Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Sodikom Safoyevыm - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev rahbarligidagi delegatsiya "Ozarbayjon temir yoʻllari" YOAJ rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazdi

TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Oʻzbekiston va Ozarbayjon temir yoʻl kompaniyalari hamkorlikni kengaytirish haqida protokol imzoladi. Bu haqda "Ozarbayjon temir yoʻllari" YOAJ matbuot xizmati xabar berdi.

27 mart kuni Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev rahbarligidagi delegatsiya "Ozarbayjon temir yoʻllari" YOAJ rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Iqtisod
Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida temir yoʻl orqali yuk tashish yoʻlga qoʻyildi

"Ozarbayjon temir yoʻllari" raisi Javid Qurbonov Oʻzbekiston delegatsiyasini mamlakat temir yoʻllar sohasidagi islohotlar, mamlakatning tranzit salohiyatini oshirish boʻyicha ishlar va kelgusidagi rejalar bilan tanishtirdi.

Tomonlar «Ozarbayjon temir yoʻllari» YOAJ va «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston va Ozarbayjon temir yoʻl kompaniyalari hamkorlikni kengaytirish haqida protokol imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala