Moskva va Toshkent Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishGoroda Rossii. Moskva
Goroda Rossii. Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari, stats-sekretar Grigoriy Karasin Moskvada o‘zbekistonlik hamkasbi Saidikrom Niyozxo‘jayev bilan uchrashdi

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Tomonlar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amalga oshiradigan tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildilar, deb xabar bermoqda Rossiya TIV matbuot xizmati.

Posol Rossii v Uzbekistane Vladimir Turdenev - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Turdenev: O‘zbekistonning eng katta boyligi - ahil va mehmondo‘st xalqi

Bundan tashqari, Grigoriy Karasin va Saidikrom Niyozxo‘jayev ikki tomonlama munosabatlar hamda 7-aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan MDH TIV kengashi yig‘ilishi doirasidagi kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Eslatib o‘tamiz, aprle oyida Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga davlat rahbari sifatidagi ilk rasmiy tashrifini amalga oshiradi.

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenevning aytishicha, o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga har ikki mamlakat ulkan e’tibor qaratmoqda va bo‘lajak uchrashuv buning yaqqol dalilidir.

Yangiliklar lentasi
0