Direktorlikka joylash uchun 20 ming dollar so‘ragan tovlamachi qo‘lga olindi

© Press-slujba GU MVD RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie za vzatku
Zaderjanie za vzatku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi Sanjar Nasirdinov pul evaziga "O‘zbekko‘mir" AJning "Andijon ko‘mir yetkazuvchi" unitar korxonasi direktori lavozimiga ishga joylash taklifini bildirgan

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekiston MXX xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti xodimlari bilan birgalikda Andijondagi yirik korxonalardan biriga direktorlikka ishga joylash uchun 20 ming dollar so‘ragan tovlamachini qo‘lga oldilar. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga kuch tizimi vakili xabar berdi.

Maxsus xizmat vakillari Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi Sanjar Nasirdinov pul evaziga "O‘zbekko‘mir" AJning "Andijon ko‘mir yetkazuvchi" unitar korxonasi direktori lavozimiga ishga joylash taklifini berayotgani haqida ma’lumot oldilar.

kishan - Sputnik O‘zbekiston
MXX tovlamachi sudyani qo‘lga oldi

"Tezkor xodimlar Nasirdinovni qo‘lga olish uchun maxsus operatsiya tashkil qildilar. "Andijon ko‘mir yetkazuvchi" korxonasiga direktorlikka da’vogar rolini o‘ynovchi shaxs unga maxsus kimoviy ishlov berilgan pulni berishi lozim edi. Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi restoranlardan birida tovlamachi kelishilgan 20 ming dollarni olayotganida qo‘lga olindi" — dedi MXX vakili.

Surishtiruv jarayonida Nasirdinov 2015-2016 yillarda "O‘zbekko‘mir" AJ rahbarlaridan birining qo‘llab-quvvatlashi ostida Andijon viloyatining Shahrixon tumani bo‘yicha ko‘mir taqsimlash ishini noqonuniy tarzda nazorat qilib kelgan. Buning natijasida u sezilarli miqdorda noqonuniy daromadga erishgan.

Bosh prokuratura Nasirdinovga nisbatan Jinoyat kodeksining qator moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘adi. Hozirda uning sheriklarini qidirish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

O‘zbekistonda keyingi paytda ishga yoki oliy o‘quv yurtiga olib kirishni va’da qilib tovlamachilik orqali pul undirish holatlari tez-tez uchramoqda.
Mazkur vaziyatni tartibga solish maqsadida O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmati bunday jinoyatlarning oldini olish uchun chora-tadbirlar o‘tkazmoqda.

Yangiliklar lentasi
0