Euronews O‘zbekiston davlat san’at muzeyi haqidagi ko‘rsatuv namoyishini boshladi

Obuna bo‘lish
Euronews muxbiri Sheymus Kernining aytishicha, O‘zbekiston poytaxtining diqqatga sazovor maskanlaridan biri bo‘lmish mazkur muzey tashrif buyuruvchilarni mamlakatning tarixiy va madaniy merosi bilan tanishtiradi

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Euronews telekanalida ushbu hafta davomida "O‘zbekistondan suratli nomalar" teleko‘rsatuvlar turkumi doirasida Davlat san’at muzeyiga bag‘ishlangan reportaj namoyish etiladi. Bu haqda "Jahon" axborot agentligi xabar berdi.

"Euronews" Buxoro gumbazlari haqida ko‘rsatuv tayyorladi

Euronews muxbiri Sheymus Kernining aytishicha, O‘zbekiston poytaxtining diqqatga sazovor maskanlaridan biri bo‘lmish mazkur muzey tashrif buyuruvchilarni mamlakatning tarixiy va madaniy merosi bilan tanishtiradi. To‘rt qavatli ushbu muzeydan uch mingdan ortiq eksponatlar o‘rin olgan.

Muzey haqidagi reportajni 2017-yil 2-aprelgacha Euronews'da tomosha qilish mumkin.

Reportaj quyidagi jadval asosida efirga uzatiladi (Toshkent vaqti bilan):

Payshanba, 30-mart — 14:18; 17:14

Juma, 31-mart — 10:41; 19:20

Shanba, 1-aprel — 08:17; 12:14; 16:43

Yakshanba, 2-aprel — 05:17; 20:19

Yangiliklar lentasi
0