TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti 22-23 mart sanasida Qozogʻistonga davlat tashrifini amalga oshirgan edi. Tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar yakunida oʻzaro hamkorlikka doir 13 hujjat imzolandi.
Kamilov intervyu davomida Oʻzbekiston va Qozogʻiston rahbarlari uchrashadigan boʻlsa, bunga nisbatan OAVlarda turli izohlar chiqishini aytib oʻtdi.
"Bularni orasida, ayniqsa Gʻarb davlatlari orasida chiqqan kommentariylar shundan iboratki, xuddiki Qozogʻiston va Oʻzbekiston orasida doimo qandaydir musobaqa bor. Endi bunga hech qanday asos yoʻq, nega deganda, mana bizni iqtisodlarimiz bir-birini toʻldiradi, siyosiy sohada bizni dunyoqarashimiz, bizni munosabatlarimiz — hammasi bir-biriga yaqin. Madaniy-gumanitar aloqalarni olsangiz, mana koʻp gapiramiz biz, tilimiz bir, dinimiz bir, dilimiz birdir, shuni uchun qardoshmiz. Shuni uchun biz bir-birimizga juda yaqin xalqlar boʻlamiz", — dedi Kamilov.
Oʻzbekiston TIV rahbari prezident Mirziyoyevning Qozogʻistonga tashrifi davomida Qoʻshma deklaratsiya, Abadiy doʻstlik shartnomasi, strategik sheriklik shartnomasi hamda umumiy qiymati taxminan 1 mlrdlik 90ga yaqin shartnomalar imzolanganini taʼkidlab, bu juda mustahkam asos boʻlishini qayd etdi.
Intervyu toʻliq shaklda vazirlik saytida taqdim etilgan.