Jamiyat

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni maqtadi

AQSH prezidenti Oʻzbekiston rahbariga Navroʻz munosabati bilan yoʻllagan tabrik xatida, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarda katta ijobiy oʻzgarishlar sezilayotganini qayd etdi.

TOSHKENT, 1 apr — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp Oʻzbekistonda yangi prezident Shavkat Mirziyoyev rahbriyat boshiga kelganidan keyin amalga oshirilayotgan islohotlarda katta oʻzgarishlar sezilayotganini qayd etdi, RIA Novosti xabariga asosan.

"Oʻzbekiston Prezidenti etib saylanganingizdan soʻng Sizning rahbarligingizda mamlakatning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va taraqqiyot jarayoni bizni ham mamnun etmoqda", — deyilgan Donald Trampning Navroʻz bayrami munosabati bilan yoʻllangan tabrigida.

Amerika prezidentining tabriknomasining toʻliq matni Oʻzbekiston OAVlarida shanba kuni eʼlon qilindi.

Shuningdek, Donald Tramp oʻzining tabrik xatida Amerika xalqi va biznesi vakillari Oʻzbekiston bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yoʻllarini izlayotganini ham qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu xatga javoban, AQSH prezidentining shaxsiy eʼtiborini yuqori baholab, kelajakda Toshkent va Vashington orasida turli sohalarda, jumladan biznesda ham hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanligini aytib oʻtdi.

"Ishonchim komilki, Oʻzbekiston-Amerika strategik hamkorligini yanada rivojlantirishga boʻlgan umumiy yondashuvi, ayniqsa hududda barqarorlikni saqlash sohasida, mamlakatlarimiz kun tartibida turgan masalalarni amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratadi", — deyilgan Mirziyoyevning javob xatida.

Shuni qayd etish lozimki, Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp deyarli bir vaqtda davlat boshiga kelishgan. Oʻtgan yilning kuzida AQSH va Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan prezident saylovlari orasida bir oydan kam vaqt oʻtgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala