Siyosat

Shavkat Mirziyoyev 4 aprelda Moskvaga uchib ketadi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishVladimir Putinning Oʻzbekistonga safari
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga safari - Sputnik Oʻzbekiston
Oliy darajada boʻlib oʻtadigan muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish choralari belgilab olinadi va bir qator xalqaro va hududiy muammolar borasida fikr almashiladi.

TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 aprel kuni Vladimir Putin bilan uchrashadi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.

"Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin taklifiga koʻra 4-5 aprel kunlari Rossiyaga davlat tashrifi bilan keladi", — deyilgan Kreml rasmiy xabarida.  

5 aprelda Oliy darajada boʻlib oʻtadigan muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarning asosiy masalalari muhokama qilinib, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ilmiy sohalarda oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish choralari belgilab olinadi.   

Undan tashqari, bir qator xalqaro va hududiy muammolar borasida  fikr almashish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala