Jamiyat

Eski maishiy texnikani topshirib, yangisiga chegirma olish imkoni hadya etilmoqda

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishTelevizor
Televizor - Sputnik Oʻzbekiston
Endi eski maishiy texnika buyumlarini topshirib yangi texnika xarid qilish uchun chegirmaga ega boʻlish mumkin. Aholidan elektrtexnik chiqindilarini qabul qilishning birinchi bosqichi 2017 yil 11 apreldan Toshkentda MEDIAPARK savdo majmuasi koʻmagida boshlanadi

TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda  ilk bor eski maishiy texnika buyumlarini topshirib  yangi maishiy texnikani imtiyozli ravishda xarid qilish uchun  kupon olish imkoniyati paydo boʻldi, deb xabar qilmoqda naesmi.uz.

Jamiyat
Choʻgʻlanma lampochkalar sotish 1 yanvardan taʼqiqlanadi
Nashrga koʻra, bunday imkon "Shaharga imkon hadya et" nomini olgan Toshrangmetzavod dasturi doirasida taqdim etiladi.

Ushbu dasturni amalga oshirish uchun  maxsus Toshrangmetzavod Recycling MCHJ tashkil qilingan.

Yangi korxonaning asosiy maqsad va vazifalaridan biri – Oʻzbekiston qonunlarida belgilangan tartibda  davlat tashkilotlari va yuridik shaxslarga  ish muddati tugagan elektron texnikani utilizatsiya qilishda yordam berish, atrof-muhitni   qattiq chiqindilardan ifloslanishini oldini olish.

"Jahondagi yetakchi davlatlar tajribasi shuni koʻrsatadiki, bu kabi loyihalar atrof-muhitni himoyalashda katta yordam beradi. Ishdan chiqqan eski radio, televizor, magnitofon va boshqa elektr jihozlarni axlatga tashlab yuborsangiz, tabiatga zarar yetkaziladi. Yaroqsiz jihozlarni qayta ishlab, kundalik anjomlarni ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish mumkin. Bu yoʻl bilan  nafaqat tabiatni asraymiz, balki  arzon tovar sotib olish imkoni paydo boʻladi", — deyilgan xabarda.

"Shaharga imkon hadya et" dasturi ushbu vazifani yechish uchun qaratilgan. Loyiha dasturida ishdan chiqqan elektr jihozlar qabul qilinadi, keyinchalik ulardan sim, armatura, metall va plastmassa buyumlari  qayta ishlab chiqariladi va isteʼmolchiga taqdim etiladi.

Aholidan elektrtexnik chiqindilarini qabul qilishning 1-bosqichi 2017 yil 11 apreldan Toshkentda MEDIAPARK savdo majmuasi koʻmagida boshlanadi.

Mediapark xududida "Tabiatga imkon hadya et"  qabul punktlari ochiladi. U yerlarda  topshirilgan elektr jihozlar evaziga  chegirmalar kuponi taqdim etiladi. Kupon egalari  xarid qilinayotgan texnikaga Mediaparkda  chegirma olishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala