Jamiyat

Prezident qaroriga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan rahbarlar jazolandi

© Sputnik / Ilya PitalevPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston
Davlat raqobat qoʻmitasining hayʼat yigʻilishida prezident qarori talablarining bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi

TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining "Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy boshqarmalari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralari koʻrildi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.

Virtual qabulxona sahifasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Virtual qabulxona ishiga masʼuliyatsiz qaraganlarga chora koʻrilmoqda
Xabarda aytilishicha, qoʻmitaning hayʼat yigʻilishida prezident qarori talablarining bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar aniqlanib, tanqidiy koʻrib chiqildi.

Hayʼat yigʻilishi davomida qaror talablarining ijrosini taʼminlashda yetarli darajada masʼuliyat bilan yondashmagan hududiy boshqarmalar rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralari koʻrildi.

Yigʻilishda avval xususiylashtirilgan obʼyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kadastr, soliq, statistika va Markaziy bank boshqarmalari bilan oʻzaro oʻz vaqtida hamda toʻliq almashinuvini yoʻlga qoʻyish, boʻsh turgan va investitsiya loyihalari hali ishlab chiqilmagan obʼyektlar negizida samarali loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan tadbirkorlar va tijorat banklari bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader