Sport

Oʻzbek bokschilari Tailand qiroli kubogi uchun ringga chiqishadi

© REUTERS/Peter CziborraSerebryanыy prizer Olimpiadы bokser Shaxram Giyasov
Serebryanыy prizer Olimpiadы bokser Shaxram Giyasov - Sputnik Oʻzbekiston
"Qirol kubogi - 2017" xalqaro turnirida 18 davlatdan 110ga yaqin charm qoʻlqop ustalari ishtirok etishadi

TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi 3-9 aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida boʻlib oʻtadigan nufuzli musobaqa — "Qirol kubogi-2017" xalqaro turnirida ishtirok etishadi. Bu haqda Oʻzbekiston boks federatsiyasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qilindi.

Terma jamoa murabbiylari Rahmatjon Roʻzioxunov, Toʻlkin Qilichev va Rustam Saidovlar musobaqaga Olimpiya chempionlari Hasanboy Doʻsmatov, Shahobiddin Zoirov, Olimpiya oʻyinlari kumush medal sohibi Shahram Gʻiyosov, Olimpiada sovrindori Murodjon Ahmadaliyev, oʻz vazn toifasida yetakchi bokschilar — Elnur Abduraimov, Isroil Madrimov, Jasur Latipovni jalb qilgan.

Bugun "Qirol kubogi — 2017" xalqaro turnirining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda 18 davlatdan 110ga yaqin charm qoʻlqop ustalari ishtirok etishadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala