Mirziyoyev qaroriga asosan har bir veteranga 2 mln soʻmdan pul mukofoti topshiriladi

1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti nomidan 2 million soʻmdan bir martalik pul mukofoti tantanali ravishda topshiriladi

TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash toʻgʻrisidagi qarori eʼlon qilindi, deb xabar qildi "Uz24" nashri.

Oʻzbekistonda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni tadbirlari "Qahramonlik, burch va fidoyilik" hamda "Ajdodlarni xotiralash – muqaddas qadriyat" shiorlari ostida yuqori saviyada oʻtkaziladi, deyilgan xabarda.

Vladimir Putin Ikkinchi Jahon urushi natijalari haqida - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Putin: kimda-kim Ikkinchi jahon urushi natijalari qayta koʻrib chiqishni istasa - marhamat!
Nashr xabariga koʻra, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti nomidan  2 million soʻmdan bir martalik pul mukofoti tantanali ravishda topshiriladi.

Shuningdek, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining oila aʼzolariga moddiy, maʼnaviy va boshqa turdagi yordamlar koʻrsatish maqsadida tegishli vazirlik va  idoralar,  tashkilot va harbiy qismlar vakillari biriktirilib, ushbu toifadagi shaxslarni qutlash va koʻnglini koʻtarish maqsadida ularning yashash joyiga rahbarlarning tashrifi tashkillashtiriladi.

Yolgʻiz va kam taʼminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari turar joyi va uy xoʻjaliklarini taʼmirlash, obodonlashtirish hamda oʻz uy-joyiga ega boʻlmaganlariga turar joy ajratish boʻyicha tegishli chora-tadbirlari ham amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi  Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrida 2017 yil 9 may soat 21.00 da bayram salyutini tashkil qilishi aytilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader