Astraxanda Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab fotoko‘rgazma ochildi

© zaryad.meFotovistavka, posvashennaya pamati Islama Karimova, v Astraxanskom filiale RANXiGS
Fotovistavka, posvashennaya pamati Islama Karimova, v Astraxanskom filiale RANXiGS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashkilotchilar Islom Karimovning hayot yo‘li va xalqaro siyosatdagi faoliyatini aks ettiruvchi fotosuratlarni jamladilar

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Rossiya qishloq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining Astraxandagi filialida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda.

"O‘zbekiston" hududiy madaniy jamiyati tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmaning ochilishida siyosatchilar, Astraxan viloyatidagi oliy o‘quv yurtlari rektorlari, milliy madaniy jamiyatlar rahbarlari, jurnalistlar, talabalar hamda sharqshunos-tarixchilar ishtirok etdi.

Tashkilotchilar Islom Karimovning hayot yo‘li va xalqaro siyosatdagi faoliyatini aks ettiruvchi fotosuratlarni jamladilar.

© zaryad.meIslom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma
Fotovistavka, posvashennaya pamati Islama Karimova, v Astraxanskom filiale RANXiGS - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma

"Ko‘rgazmaning O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi bilan bir vaqtda ochilishi bejiz emas. Biz milliy madaniy jamiyat vakillari sifatida ushbu tashrifdan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi turli sohalardagi aloqalarning yanada rivojlanishini kutmoqdamiz", — dedi "O‘zbekiston" jamiyati raisi Bahodir Aminov.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016-yilning 2-sentabrida 78 yoshida insult oqibatida vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0