Siyosat

Oʻzbekistonda Rossiya yordamida tank sozlash markazlari ochishi mumkin

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishT-72 tanki
T-72 tanki - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda koʻp miqdorda T-62 va T-72 tanklari bor va Oʻzbekiston ularni taʼmirlash va modernizatsiya qilishdan manfaatdor.

TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston oldin yetkizib berilgan harbiy texnika, xususan   T-72 va T-62 tanklarini sozlovchi markazlar yaratish imkoniyatini muhokama qilishmoqda, dedi Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati direktori oʻrinbosari Vladimir Drojjov.

“Biz oldin tashkil qilgan “UzRosavia” qoʻshma korxonasi muvaffaqiyatli ishlamoqda. Ushbu korxona harbiy havo texnikasini, xususan vertolyotlarni taʼmirlash bilan shugʻullanadi… Biz hamkorlarimiz bilan ularning hududida bronetank texnikasini taʼmirlash va modernizatsiya qilish imkoniyatlarini muhokama qildik”, — dedi Drojjov.

Uning soʻzlariga qaraganda, Oʻzbekistonda koʻp miqdorda T-62 va T-72 tanklari bor va Oʻzbekiston ularni taʼmirlash va modernizatsiya qilishdan manfaatdor.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala