Jamiyat

"Oʻrta Osiyo Tretyakovi" - Savitskiy kollektsiyasi Moskvada

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtish"Nukus durdonalari" koʻrgazmasi ochilishi
Nukus durdonalari koʻrgazmasi ochilishi - Sputnik Oʻzbekiston
Moskvada "Nukus durdonalari" nomli Qoraqalpoq Davlat sanʼat muzeyi eksponatlari koʻrgazmasi ish boshladi.

TOSHKENT, 4 apr — Sputnik, Anton Kurilkin. Moskvada Savitskiy nomli Qoraqalpoq Davlat sanʼat muzeyi eksponatlaridan iborat koʻrgazma ochildi. Ochilish marosimida A.S. Pushkin nomli Rossiya Davlat tasviriy  sanʼat muzeyi direktori Marina Loshak soʻzga chiqdi.

"Bugun biz uzoq kutgan voqea yuz berdi — vanihoyat mutlaq afsonaviy asarlardan iborat koʻrgazmani ochmoqdamiz", — dedi muzey rahbari.

Marina Loshak haqiqatdan ham ilhomlanib, uzoq nutq soʻzladi. Ushbu koʻrgazma oʻtkazilayotganidan uning haqiqatdan ham baxtli ekanini koʻrinib turardi.

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtish"Nukus durdonalari" koʻrgazmasi ochilishi
Otkrыtiye vыstavki Sokroviщa Nukusa - Sputnik Oʻzbekiston
"Nukus durdonalari" koʻrgazmasi ochilishi
Oʻtgan yil 50 yoshni qarshi olgan Nukus muzeyida shunchalik qiziq nima bor ekan? Kollektsiyaning qiziqligi, avvalombor, unga asos solgan va jamlagan Igor Savitskiy nomi bilan bogʻliq.

Sanʼatshunoslar uni "Oʻrta Osiyo Tretyakovi" deb atashadi. Oʻtgan asrning eng ogʻir, Stalindan  Brejnevgacha boʻlgan, sanʼatda faqat sotsialistik realizm hukm surgan vaqtlarda, Savitskiy partiya rahbariyati tomonidan qoralangan sanʼat asarlarini butun Sovet Ittifoqidan Nukusga jamlagan. Shunday yoʻl bilan Savitskiy koʻplab takrorlanmas  durdonalarni saqlab qolgan.

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtish"Nukus durdonalari" koʻrgazmasi ochilishi
Otkrыtiye vыstavki Sokroviщa Nukusa - Sputnik Oʻzbekiston
"Nukus durdonalari" koʻrgazmasi ochilishi
Ushbu noyob asarlarning aynan Nukusda jamlanishi ham bejiz emas. Toshkentda ham, Moskvada ham ularni toʻplashga ruxsat berishmagan.

Marina Loshakdan keyin Oʻzbekiston madaniyat vaziri Maxmud Muratov soʻzga chiqib, bu Savitskiy muzeyining Rossiyadagi birinchi koʻrgazmasi ekanini va koʻrgazmaning Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashrifi kuni ochilishi — nafaqat madaniy balkim ijobiy siyosiy belgi ekanini taʼkidladi.

Rossiya prezidenti maxsus vakili Mixail Shvыdkoy ham Sputnik muxbiri bilan boʻlgan suhbatda, "Nukus durdonalari" koʻrgazmasining siyosiy maʼnoga ega ekanini aytib oʻtdi.

"Ushbu kollektsiya, avangardning ich-ichidan anʼanaviy sanʼatga bogʻliq ekanini koʻrsatamoqda… Asosiysi, hamma Nukus kollektsiyasi haqida bilardi, hamma uning naqadar muhimligini tushunar edi, lekin uzoq yillar davomida uni Rossiyaga olib kelishga ruxsat berishmagan edi. Bugun uning Rossiyaga kelishi — bu nafaqat madaniy, balkim muhim siyosiy haqiqatdir", — dedi Shvыdkoy.   

Savitskiy muzeyning bosh saqlovchisi Valentina Sыcheva aytishiga qaraganda, muzey eksponatlarining bir qismini Moskvaga olib kelishga hech kim toʻsqinlik qilmagan.

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtish"Nukus durdonalari" koʻrgazmasi ochilishi.
Otkrыtiye vыstavki Sokroviщa Nukusa - Sputnik Oʻzbekiston
"Nukus durdonalari" koʻrgazmasi ochilishi.
"Biz juda xursandmiz, chunki Savitskiy, agar tirik boʻlganda, koʻrgazma Moskvada ekanidan juda xursand boʻlardi. Lekin Nukusga ham bizning koʻrgazmani tomosha qilgani butun dunyodan kelishadi. Biz ham ushbu ajoyib kollektsiyani Rossiya poytaxtining yuragida namoyish qilishdan baxtlimiz", — dedi Sыcheova.

"Nukus durdonalari" koʻrgazmasi Moskvada 7 apreldan 10 maygacha boʻlib oʻtadi.5 aprel kuni koʻrgazmaga Rossiya va Oʻzbekiston prezidentlari ham kelishi kutilmoqda.

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtish"Nukus durdonalari" koʻrgazmasi ochilishi. Marina Loshak, Mixail Shvыdkoy, Oʻzbekiston Madaniya vaziri Maxmud Muratov (oʻngda).
Otkrыtiye vыstavki Sokroviщa Nukusa - Sputnik Oʻzbekiston
"Nukus durdonalari" koʻrgazmasi ochilishi. Marina Loshak, Mixail Shvыdkoy, Oʻzbekiston Madaniya vaziri Maxmud Muratov (oʻngda).

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader