Toshkentdagi Xalq qabulxonalari manzillari e’lon qilindi

© uz24.uzXalq qabulxonasi
Xalq qabulxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hokimligi poytaxtda joylashgan Xalq qabulxonalari manzillarini e’lon qildi. Hokimlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi va tumanlardagi Xalq qabulxonalari dushanba-juma kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha ishlashini eslatib o‘tdi

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmatining xabariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi va tumanlardagi Xalq qabulxonalariga 2334 ta yozma va og‘zaki murojaat kelib tushgan. Fuqarolar bevosita shahar Xalq qabulxonasiga 1699-marta yozma va og‘zaki tarzda murojaat qilishgan.

Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahridagi xalq qabulxonasiga tashrif buyurishi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: "Xalq qabulxonalari - adolat zamini bo‘lsin"
Murojaatlarning 32,3 %i sud-huquq, 30,3 %i uy-joy, 12,8 %i ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy, 9,4 %ii qurilish va kommunal, 9,3 %i iqtisodiyot va tadbirkorlik, 5,9 %i yoshlar siyosati, mahalla fuqarolar yig‘ini va jamoat tashkilotlari bo‘yicha masalalarni qamrab olgan.

Bevosita shahar bo‘yicha Xalq qabulxonalariga tushgan yozma murojaatlarning 14 %i yuqori turuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari vakolatlari doirasiga taalluqli bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi prezidentining virtual qabulxonasiga kiritilgan. Qolgan 86 % murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar Toshkent shahridagi mutasaddi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga ijro uchun jo‘natilgan.

Shuningdek, tuman hokimliklarida, korxona, tashkilot va muassasalarda fuqarolar qabulxonalari tashkil qilingan.

Xalq qabulxonalari bo‘yicha prezident maslahatchisi tayinlandi
Toshkent shahridagi va tumanlardagi Xalq qabulxonalari quyidagi manzillarda joylashgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 14-uy manzilida joylashgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahri tumanlarida faoliyat yuritayotgan Xalq qabulxonalari manzillari:

Bektemir tumani — Husayn Boyqaro shoh ko‘chasi, 2-uy.

Mirobod tumani — Nukus ko‘chasi, 18-uy.

Mirzo Ulug‘bek tumani — Qalandar ko‘chasi, 2-uy.

Sergeli tumani — Sergeli 3-dahasi, Obihayot ko‘chasi, 3a-uy.

Olmazor tumani — Talabalar ko‘chasi, 54-uy.

O‘zbekiston prezidentining virtual qabulxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyevning virtual qabulxonasi pulli bo‘lgani inkor etildi
Uchtepa tumani — Chilonzor 26-mavze, 1B-uy.

Shayxontohur tumani — To‘raqo‘rg‘on ko‘chasi, 1a-uy.

Chilonzor tumani — Chilonzor 2-mavze, Arnasoy ko‘chasi, 32-uy.

Yunusobod tumani — Osiyo ko‘chasi, 4a-uy.

Yakkasaroy tumani — Shota Rustaveli ko‘chasi, 85-uy.

Yashnobod tumani — Aviasozlar ko‘chasi, 7a-uy.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi va tumanlardagi Xalq qabulxonalari dushanba-juma kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha ishlaydi.

Yangiliklar lentasi
0