Jamiyat

Urush veteranlari navbatsiz mashina oladi

Gʻalaba va xotirlash kunini munosib kutib olish maksadida Oʻzbekistonda bugungi kunda yashayotgan Ikkinchi Jahon urushi veteranlariga qoʻshimcha imtiyoz va qulayliklar yaratilmoqda.

TOSHKENT, 9 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining "Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida beligilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida  bosh vazir Abdulla Aripov viloyatlar, tuman hokimliklari va boshqa tegishli idoralar rahbarlari ishtirokida videoselektor majlisi oʻtkazdi.

Majlisda soʻzga chiqqan "Oʻzavtosanoat" AJ raisi oʻrinbosari urush faxriylariga GM Uzbekistan qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilayotgan har qanday turdagi avtomashinalarni bir martalik navbatsiz olish imkoniyati taqdim etilayotganini maʼlum qildi. 

Urush faxriysi, oʻziga yoki yaqinlari, qarindosh-urugʻlariga bir marta bir dona avtomobilni navbatsiz xarid qilishga ruxsat beruvchi sertifikatlar shu yilning 20 apreliga qadar topshiriladi. 

Eslatib oʻtamiz, ayni vaqtda respublikada 1542 nafar urush faxriysi yashab kelmoqda. Prezident qaroriga muvofiq ularning har biriga 2 mln soʻm miqdoridagi bir martalik pul mukofotlari hokimlar, keng jamoatchilik ishtirokida tantanali ravishda topshiriladi.

Kun.uz xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala