TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. Venadagi BMT binosi roʻparasida toʻrt nafar buyuk olimlar — sharq vakillariga haykal oʻrnatildi. Ular Abu Ali ibn Sino (Avitsenna), Umar Hayyom, Abu Rayhon Beruniy va Zakariy ar-Roziylar. Bu haqda BMTning Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi xabarlar xizmatida maʼlum qilingan.
Monument sharq uslubida ishlangan.
Tarix davomida ular dunyodagi ilm-fan rivojida muhim rol oʻynadilar, ulardan ayrimlari turli ilmlarda haqiqiy inqilobni yuzaga keltirdilar, va bu bilan oʻz nomlarini insoniyat tarixida abadiylashtirdilar, deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Umar Hayyom — buyuk faylasuf, matematik, falakshunos, shoir sifatida dovruq qozongan.
Ibn Sino — buyuk tabib, shoir, faylasuf, matematik boʻlgan.
Abu Rayhon Beruniy — olim, matematik, munajjim, falakshunos, munajjim, antropolog, hindshunos va tarixchi sifatida nom qozongan.
Zakariyo ar-Roziy — shifokor, faylasuf va kimyogar, alkogol va sulfat kislotasini kashf qilgan olim.