Nazoratning kuchaytirilishi jinoyatchilik pasayishiga olib kelmasligi rasman tan olindi

© Ilya VarlamovMilitsiya xodimi
Militsiya xodimi - Sputnik Oʻzbekiston
Jinoyat va boshqa huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda texnika vositalaridan foydalanish, huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs ustidan nazoratni kuchaytirish kabi anʼanaviy chora-tadbirlar jinoyatchilik darajasini kamaytirishda har doim ham kutilgan natijalarni bermayapti

TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentning 10 apreldagi "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga rasmiy sharhda bu haqda soʻz boradi.

Uzbekskaya militsiya na granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ichki ishlar organlari qayta tashkil qilinmoqda
Sharhda qayd etilishicha, Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida ichki ishlar organlarini jazolovchi, nazorat qiluvchi organdan xalq, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qiladigan tuzilmaga aylantirish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirildi. Biroq Prezident Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili ichki ishlar organlari faoliyatini tanqidiy qayta koʻrib chiqish va tubdan takomillashtirish zarurligidan dalolat bermoqda.

Farmonda bu kabi muammo va kamchiliklarni hal etish uchun ichki ishlar organlari tizimini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari belgilab berildi. Xususan, ichki ishlar organlarini aholiga oʻz vaqtida va sifatli yordam koʻrsatadigan ijtimoiy yoʻnaltirilgan professional xizmatga aylantirish zarurligi, "Xalq manfaatlariga xizmat qilish" har bir xodimning asosiy xizmat burchi ekani qayd etildi.

Shuningdek, Farmonda barcha boʻgʻindagi xodimlarning asosiy vazifalarini oqilona taqsimlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻzda tutilgan, aholi bilan doimiy manzilli muloqot oʻrnatish, ichki ishlar organlari rahbarlarining hokimiyat vakillik organi timsolida xalq oldida hisobot berish amaliyotini joriy qilish, ichki ishlar organlari faoliyatining moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash kabi asosiy yoʻnalishlar alohida belgilab berilgan.

Oʻzbekiston IIB xodimi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev militsiya faoliyatidan keskin norozi
Sharhda qayd etilishicha, farmon ichki ishlar organlari tizimida tub islohotlarning yangi bosqichini boshlab beradi. Uning ijrosini taʼminlash qonun ustuvorligiga erishish, huquqbuzarliklar profilaktikasini oʻz vaqtida amalga oshirish, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiladi, pirovard natijada esa fuqarolar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida ichki ishlar organlari butun tizimi va har bir xodim faoliyati samaradorligi oshadi.

Farmonga berilgan rasmiy sharhdan iqtiboslar:

"Kadrlar bilan ishlash, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi qoniqarli darajada emasligi ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud kamchilik va muammolar sabablaridan biridir".

"Tizimga bilimli, oʻz ishiga sodiq va masʼuliyat bilan yondashadigan, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini taʼminlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni oʻzining muqaddas burchi hamda asosiy majburiyati deb biladigan kadrlarni jalb qilishga yetarlicha eʼtibor berilmayapti".

"Pasport tizimi talablarini amalga oshirish, xorijga chiqish, Oʻzbekiston Respublikasiga kelish va boʻlish qoidalarini bajarish ustidan nazoratni amalga oshirish masalalari boʻyicha ham muammolar mavjud. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining aholi koʻp murojaat qiladigan tuman (shahar) boʻlimlarida ish hajmining toʻgʻri taqsimlanmaganligi sababli noqulayliklar va sansalorliklar yuzaga kelmoqda. Ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan isloh qilish zarurligi eʼtiborga olinib, ushbu yoʻnalishda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tashkil etiladi".

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev: Militsiya xodimlarining oʻzi qonunni buzib tursa, oddiy odamlar qayerga borsin?
"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida"gi Qonuni talablari yetarli darajada bajarilmayotgani koʻp jihatdan asosiy vazifasi murojaatlar bilan ishlash hisoblangan aniq tarkibiy tuzilmaning yoʻqligi bilan bogʻliqdir. Buning oqibatida fuqarolarning murojaatlarini oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqilishini taʼminlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmoqda".

"Ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari, profilaktika inspektorlarining aholi bilan muntazam uchrashuvlar oʻtkazmayotganligi va jamoatchilik bilan hamkorlik qilmayotganligi sababli aholining muammo hamda tashvishlaridan xabardor emasligi tizimning eng asosiy vazifasi hisoblangan profilaktika ishlarida jiddiy kamchiliklarni yuzaga keltirmoqda".

"Ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga yetarlicha eʼtibor bermaslik, befarqlik, ishga yuzaki munosabatda boʻlish va rasmiyatchilik, aholi bilan muloqot qilish madaniyatining pastligi, afsuski achchiq haqiqatdir. Oqibatda bunday vaziyatdan norozi boʻlgan fuqarolar yuqori tashkilotlarga shikoyat qilmoqda".

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala