O‘zbekistonda turistlar uchun maxsus plastik kartalar chiqariladi

Obuna bo‘lish
Yangi karta Uzbekistan Pass deb ataladi va xorijlik turistlarga butun respublika ichida tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni chegirma bilan amalga oshirish imkonini beradi

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Hukumat O‘zbekistonda turistlar uchun maxsus plastik karta joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb ma’lum qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Vazirlar Mahkamasidagi manba.

Yangi karta Uzbekistan Pass deb ataladi va xorijlik turistlarga butun respublika ichida tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni chegirma bilan amalga oshirish imkonini beradi.

"Biz turistlarni jalb etish bo‘yicha yetakchi davlatlarda mana shunday kartalar muvaffaqiyatli qo‘llanilishi tajribasi bilan tanishib chiqdik. Bu kartalar albatta u yoki bu mamlakatga kelish uchun asosiy omil bo‘lmasa-da, umumiy taassurot shakllanishi va kelgusida turistlarning soni oshishida yordam beradi. Zero bizda yaratilgan qulay sharoitlar ma’qul kelgan turist o‘zining o‘nlab tanishlariga bu haqda aytadi", — dedi manba.

Ostovi korabley na meste visushennogo Aralskogo morya. - Sputnik O‘zbekiston
Orolbo‘yi xalqaro miqyosdagi turizm maskaniga aylanadi

Karta turistlarga ular O‘zbekistonga viza olgan vaqtida berilishi hamda aeroport va mehmonxonalarda sotilishi rejalashtirilmoqda. Mamlakatda bu kartalarni keng joriy etish maqsadida yetakchi turistik operatorlari va boshqa manfaatdor muassasalar bilan maslahatlashuvlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga Tourist Friendly tizimini joriy etish ham mo‘ljallanmoqda. Bu ma’lum bir sifat talablariga javob beradigan muzey, galereya, ovqatlanish shoxobchalari va turistik obyektlarning ixtiyoriy sertifikatsiyadan o‘tkazilishidir.

Unga ko‘ra, mazkur obyektlarda sanitariya talab va meyorlariga amal qilinishi, yetarlicha xavfsizlik ta’minlanishi, xodimlar xorijiy tillarni bilishlari lozim bo‘ladi. Bu yerda xizmatlar uchun to‘lovlarni turli xalqaro to‘lov tizimlari orqali to‘lash mumkin bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0