Toshkent tezurar halqa temir yo‘lining videosi paydo bo‘ldi

© Shavkat MirziyoevTashkentskaya kolsevaya jeleznaya doroga, proyekt
Tashkentskaya kolsevaya jeleznaya doroga, proyekt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tezurar temiryo‘lning umumiy uzunligi 71,2 kilometrni tashkil qiladi. Yangi transport tizimida 26 bekat joylashgan bo‘ladi. Tezurar poyezdlar har 7 minutda qatnab turadi. Halqa temiryo‘lni to‘liq aylanib chiqish uchun o‘rtacha 1 soat vaqt kerak bo‘ladi.

TOShKENT, 13 apr  - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Youtubedagi kanalida Toshkentda qurish rejalashtirilgan tezurar Halqa temir yo‘li haqida batafil videolavha paydo bo‘ldi.

Unda xabar berilishiga ko‘ra temir yo‘l qurilishi  2017 yilda boshlanib 2020-yilda yakunlanadi. U Toshkent halqa avtomobil yo‘li bilan yonma-yon joylashgan bo‘ladi.Tezurar temiryo‘lning umumiy uzunligi 71,2 kilometrni tashkil qiladi. Yangi transport tizimida 26 bekat joylashgan bo‘ladi. Tezurar poyezdlar har 7 minutda qatnab turadi. Halqa temiryo‘lni to‘liq aylanib chiqish uchun o‘rtacha 1 soat vaqt kerak bo‘ladi.

Boshlang‘ich bekat Abu Saxiy bozori yaqinida joylashgan bo‘ladi. Poyezdlar undan Bek Baraka bozoriga qarab harakatlanadi. Harakat davomida xavfsizlikni saqlash va poyezdlar belgilangan tezlikda to‘xtovsiz harakat qilishi uchun, temir yo‘lning ikki tomonida maxsus to‘siqlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Shuningdek avtomobil yo‘llari va suv kanallari bilan kesishgan joylarda 70 ta ko‘prik va transport yechimlari quriladi.

Har bir to‘xtash joyida perron va usti yopiq bekatlar quriladi. Bekatlar uzunligi 5ta vagon to‘xtashiga mo‘ljallangan. Bekatlarda boshqa transport vositalari bilan qulay bog‘lanish uchun yer osti yo‘laklari quriladi.

 

Yangiliklar lentasi
0