Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

© DarakchiShavkat Mirziyoyev posetil mogilu Islama Karimova
Shavkat Mirziyoyev posetil mogilu Islama Karimova - Sputnik Oʻzbekiston
Davlat rahbari Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti maqbarasi Hazrati Xizr masjidi bilan uygʻun boʻlishi zarurligini taʼkidladi

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidentining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Islom Karimov ruhiga Qurʼon tilovat qilindi.

Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi «Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq bu borada izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etilmoqda.

Islom Karimovning qabri ustida barpo etiladigan yodgorlik majmuasi suratlari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Lola Karimova otasi dafn etilgan maskanda quriladigan maqbara suratlari bilan boʻlishdi

Loyihaga koʻra, maqbara granit va marmar bilan qoplanadi, naqshlar bilan bezatiladi, Qurʼon oyatlari bitiladi. Ziyoratchilar uchun ayvon, keksalar uchun liftlar bunyod etiladi.

Davlat rahbari ushbu maqbara loyihasi bilan tanishdi. Uni yanada takomillashtirish, ziyoratchilar uchun qulayliklarni oshirish boʻyicha tavsiyalar berdi. Zinalarni pasaytirish, majmua atrofini kengaytirish va obodonlashtirish, zamonaviy tungi yoritish tizimi bilan taʼminlash zarurligini taʼkidladi.

Islom Karimov mustaqilligimizga, xalqimizning farovon hayotiga asos solgan, maʼnaviyatimizni tiklagan buyuk inson edi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Majmuada Birinchi Prezidentimizning buyukligi, pok iymon-eʼtiqodi, sermazmun hayoti aks etishi kerak. Shu majmua timsolida Islom Karimovga boʻlgan mehr-muhabbatimizni, milliy oʻzligimizni koʻrsatishimiz zarur.

Davlat rahbari Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti maqbarasi Hazrati Xizr masjidi bilan uygʻun boʻlishi zarurligini taʼkidladi. Maqbaraga monand ziyoratchilar uchun baland ayvonlar bunyod etish, rasmiy delegatsiyalar uchun ham keng sharoit yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala