Madaniyat

Feruza Saidova Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi deb topildi

© Iz lichnogo arxiva Zulfikara MusakovaKadrы iz filma "Xazonrezgi" (Listopad) rejissera Zulfikara Musakova
Kadrы iz filma Xazonrezgi (Listopad) rejissera Zulfikara Musakova - Sputnik Oʻzbekiston
"Ak Ilbirs" (Qor barsi) kinomukofoti kinematografiya sohasida erishgan yutuqlari va qoʻshgan hissasi uchun beriladigan mukofotdir

TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. "Xazonrezgi" filmida bosh rollardan birini ijro etgan Feruza Saidova "Ak Ilbirs-2017" — Qirgʻiziston milliy kinomukofoti hayʼati tomonidan Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi deb topildi. Bu haqda tadbirning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qilindi.

© Facebook / Focus SchoolAktrisa Feruza Saidova
Aktrisa Feruza Saidova - Sputnik Oʻzbekiston
Aktrisa Feruza Saidova

"Xazonrezgi" filmining rejissyor va stsenariy muallifi Zulfiqor Musoqov boʻlib, film markazida afgʻon urushi sinovidan oʻtgan qahramon turadi. Uni oʻtmishning dahshatli va qonli xotiralari qiynaydi, lekin u shoshilmasdan, sinchkovlik bilan oʻzining bugungi hayotini tahlil qiladi.

Filmning asosiy voqealari bir oila atrofida boʻlib oʻtadi. Ularning oilasi yaxshilik va yomonlik hamda turli qiyinchiliklarga duch keladi. Oila boshiga tushgan qiyinchiliklar natijada uni mustahkamlaydi va oxir-oqibat sevgi gʻolib chiqadi.

"Ak Ilbirs" (Qor barsi) kinomukofoti kinematografiya sohasida erishgan yutuqlari va qoʻshgan hissasi uchun beriladigan mukofot boʻlib, Qirgʻiziston kinematografiyachilar ittifoqi, aytish jamoatchilik fondi va Kinoni rivojlantirish fondi tomonidan taʼsis etilgan.

Gʻoliblarga bronzadan yasalgan qor barsi haykalchasi topshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala