Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi loyihalari bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev v Samarkande
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev mahalliy ishlab chiqaruvchilarga mahsulotlarni eksport qilish va "Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan" degan brendni dunyo bozorida targʻib qilishni topshirdi.

TOSHKENT, 16 apr — Sputnik. Camarqand viloyatiga boʻlgan tashrifi davomida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi hududida tashkil qilinishi rejalashtirilgan maishiy texnika ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.

Oʻzbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Urgutda erkin industrial zonani tashkil qilishni taklif etdi

"Urgut" erkin iqtisodiy zonasi hududida Oʻzeltexsanoat va Ideal Elektro Lyuks kompaniyalari Turkiyaning Odul kompaniyasi bilan birgalikda umumiy qiymati 7 million soʻm boʻlgan loyihani amalga oshirmoqda. Loyiha gaz plitalari, elektr duxovkalar va kir yuvish mashinalari ishlab chiqarishni koʻzda tutgan.

Shuningdek, ushbu hududda Coven Elektro kompaniyasi zamonaviy changyutgichlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Korxona yiliga 30 mingta changyutgich ishlab chiqarishga qaror qilgan.

Istiqbolli loyihalar bilan tanishar ekan, "Aholining maishiy texnika bilan taʼminlanish darajasi, hayot darajasi koʻrsatkichlaridan biridir", —  dedi prezident.  

Shavkat Mirziyoyev mahalliy ishlab chiqaruvchilarga mahsulotlarni eksport qilish va "Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan" degan brendni dunyo bozorida targʻib qilishni topshirdi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning 12 yanvarida Oʻzbekiston prezidenti qaroriga binoan respublikada "Urgut", "Gʻijduvon", "Qoʻqon" va "Xazorasp" erkin iqtisodiy hududlari tashkil qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala