Shavkat Mirziyoyev Xitoyda oliy darajadagi forumda ishtirok etadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Pekinda bo‘lib o‘tadigan "Bir kamar - bir yo‘l" strategiyasi doirasidagi xalqaro hamkorlik bo‘yicha oliy darajadagi forumda ishtirok etadi

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Pekinda bo‘lib o‘tadigan "Bir kamar — bir yo‘l" strategiyasi doirasidagi xalqaro hamkorlik bo‘yicha oliy darajadagi forumda ishtirok etadi. Bu haqda XXR TIV rahbari Van Ining so‘zlariga asoslanib RIA Novosti xabar bermoqda.

"XXR raisi Si Szinpinning taklifini 28 nafar davlat va hukumat rahbarlari tasdiqladi", — dedi Van I.

Van Ining so‘zlariga ko‘ra, forumda ishtirok etishni O‘zbekiston, Argentina, Belarus, Chili, Chexiya, Indoneziya, Qozog‘iston, Keniya, Laos, Filippin, Rossiya, Shveysariya, Turkiya, Vyetnam prezidentlari, Kamboja, Efiopiya, Fiji, Gretsiya, Vengriya, Italiya, Malayziya, Mo‘g‘uliston bosh vazirlari, Myanma davlat kotibi, shuningdek, Pokiston, Polsha, Serbiya, Ispaniya, Shri-Lanka bosh vazirlari tasdiqlashgan.

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida temir yo‘l orqali yuk tashish yo‘lga qo‘yildi

Van Ining ta’kidlashicha, davra suhbati 15-may kuni bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakat rahbarlari va bosh vazirlaridan tashqari, BMT bosh kotibi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori, shuningdek Jahon banki prezidenti qatnashadi.

Forum yakuni bo‘yicha "Bir kamar — bir yo‘l" strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik haqida kelishuv imzolanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, forumda 1,2 mingdan ortiq kishi ishtirok etadi.

Xitoy 2013-yilda "Bir kamar — bir yo‘l" deb nomlangan iqtisodiy rivojlanishning yangi strategiyasini e’lon qilgandi. U Yevroosiyo davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish va infratuzilma yaratishga yo‘naltirilgan. Strategiya ikki muhim rivojlanish yo‘nalishiga ega: Buyuk ipak yo‘lining iqtisodiy kamari va dengiz orqali Buyuk ipak yo‘li. Gap Sharqdan G‘arbga imtiyozli shartlarda mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish bo‘yicha savdo yo‘lagini tashkil etish haqida bormoqda.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

 

Yangiliklar lentasi
0