Turizm

Qirgʻiziston Toshkent-Tomchi aviareysini yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokara olib bormoqda

© knews.kgAeroport Issik Kol
Aeroport Issik Kol - Sputnik Oʻzbekiston
Tomchi qishlogʻi yaqinida joylashgan "Issiq-Koʻl" xalqaro aeroporti hududning turistik salohiyati evaziga rivojlanish istiqboliga ega

TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Qirgʻiziston hukumati Toshkent-Tomchi-Toshkent yoʻnalishini tashkil etish borasida "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Qirgʻiziston turizm departamenti direktori Azamat Jamankulov maʼlum qilgan.

"Shunday variant koʻrib chiqilmoqda. Ayni paytda "Issiq-Koʻl" aeroporti Olmaota, Novosibirsk va Oʻsh yoʻnalishlari boʻyicha samolyotlarga xizmat koʻrsatadi", — deya uning soʻzlaridan iqtibos keltiradi knews.kg.

Tomchi qishlogʻi yaqinida joylashgan "Issiq-Koʻl" xalqaro aeroporti "MAM" ochiq aktsiyadorlik jamiyatining Issiq-Koʻl filiali tarkibiga kiradi hamda hududning turistik salohiyati evaziga rivojlanish istiqboliga ega.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala