TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Bir mintaqa — bir yo‘l" strategiyasi doirasida xalqaro hamkorlik bo‘yicha oliy darajada bo‘lib o‘tadigan forumda qatnashish uchun Pekinga boradi, deya xabar bermoqda uzdaily.
"Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin taklifi bo‘yicha biz 28 nafar mamlakat va hukumat rahbarlari tasdig‘ini oldik", — degan Van I. Uning so‘zlariga ko‘ra, forumda ishtirok etishini O‘zbekiston prezidenti ham tasdiqlagan.
Forum 14—15-may kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda BMT, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki rahbarlari qatnashishi kutilmoqda.
Van Ining ta’kidiga ko‘ra, XXR raisi Si Szinpin forum ochilishiga bag‘ishlangan sessiyada ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.
Vazir qayd etishicha, forum yakunlari bo‘yicha "Bir mintaqa — bir yo‘l" strategiyasini amalga oshirish doirasida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolanishi ham kutilmoqda.