O‘zbekistonda xayriya nikoh va sunnat to‘ylari o‘tkazilmoqda

© Sputnik / StringerPrazdnik v samarkandskoy maxalle
Prazdnik v samarkandskoy maxalle - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu maqsadlarda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi mamlakat miqyosida eng chekka qishloq va tumanlarda yashayotgan ijtimoiy himoyatalab oilalar, Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalarning yashash sharoitlari, hol-ahvollarini o‘rganib chiqdi

TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan jamoat tashkilotlari ishtirokida 20-apreldan 26-maygacha mamlakat miqyosida ijtimoiy himoyatalab oilalar va Mehribonlik uylaridan bo‘lgan 620 juft kelin-kuyovlarning nikoh hamda 3280 nafar bolaning sunnat to‘ylari o‘tkaziladi. Bu haqda Federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu maqsadlarda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi mamlakat miqyosida eng chekka qishloq va tumanlarda yashayotgan ijtimoiy himoyatalab oilalar, Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalarning yashash sharoitlari, hol-ahvollarini o‘rganib chiqdi. Aniqlangan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda farzandlarining sunnat va nikoh to‘ylarini o‘tkazishda ko‘makka muhtoj bo‘lgan qator oilalar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari ro‘yxati shakllantirildi.

Bukinisticheskie knigi - Sputnik O‘zbekiston
Saxovat sabog‘i: toshkentlik o‘smir bemor bolalar uchun xayriya tadbiri uyushtirdi

Hududlarda o‘tkazilayotgan nikoh va sunnat to‘ylari eng ko‘rkam va shinam tantanalar saroylarida tashkil etilib, kelin-kuyovlar va to‘y bolalar karnay-surnay sadolari ostida milliy an’analarga muvofiq kutib olinmoqda.

Har bir tumanning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda maxsus ishlab chiqilgan tadbirlar dasturi turli hududlarda tashkil etilayotgan xayriya nikoh va sunnat to‘ylari mazmunini yanada boyitmoqda. Xususan, tantanalar davomida to‘ylar bo‘lib o‘tayotgan tumanga xos milliy an’ana va qadriyatlarni namoyish etuvchi sahna ko‘rinishlari, rivoyat va matallar, xalq og‘zaki ijodidan namunalar, milliy sport o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilayotgani nikoh va sunnat to‘ylarining har biriga o‘ziga xos, bir-birini takrorlamaydigan mazmun baxsh etib, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tishini ta’minlamoqda.

Nikoh to‘ylari o‘tkazilayotgan har bir kelin-kuyovga zamonaviy yotoqxona mebellari to‘plami, to‘y bolalarning har biriga esa kitoblar jamlanmasi hamda Xalq banki bo‘limlarida bolajonlar nomiga ochilgan hisob raqamlariga 1 million so‘mdan pul mablag‘lari o‘tkazilgan jamg‘arma omonat daftarchalari tantanali ravishda topshirilmoqda. Bundan tashqari, yangi oila qurgan yoshlarga nikoh uzuklari, kelin-kuyovlar hamda to‘y bolalarga bayramona milliy liboslar va sarpolar hadya etilmoqda.

Xayriya tadbirlarining yana bir muhim jihati shuki, nikoh to‘ylari arafasida kelin-kuyovlarning ish bilan ta’minlanganlik holati atroflicha o‘rganilib, tegishli tartibda yoshlarni ishga joylashtirish tadbirlari ko‘rildi. Ish bilan ta’minlanishga muhtoj bo‘lgan kelin-kuyovlarga nikoh to‘ylarida mehnat daftarchalarining topshirilishi yana bir ajoyib sovg‘a bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0