Jamiyat

"Aeroflot" kompaniyasi urush faxriylariga bepul parvoz qilish imkoniyatini bermoqda

© Sputnik / Utarbekov / Fotobankka oʻtishVeteranы Velikoy Otechestvennoy voynы vozlagayut venki k Vechnomu ognyu
Veteranы Velikoy Otechestvennoy voynы vozlagayut venki k Vechnomu ognyu - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya, MDH, Boltiqboʻyi davlatlari va Gruziyada yashovchi hamda ushbu davlatlarning fuqarosi hisoblangan Ikkinchi jahon urushi faxriy va nogironlariga ekonom klassda toʻliq bepul uchish huquqi beriladi

TOSHKENT, 22 apr — Sputnik. Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 72 yilligi sharafiga "Aeroflot" va Sheremetyevo xalqaro aeroporti birgalikda shu yilning 3 mayidan 12 mayigacha faxriylarga moʻljallangan xizmat dasturini amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Rossiya, MDH, Boltiqboʻyi davlatlari va Gruziyada yashovchi hamda ushbu davlatlarning fuqarosi hisoblangan Ikkinchi jahon urushi faxriy va nogironlariga ekonom klassda toʻliq bepul uchish huquqi beriladi. "Aeroflot" nafaqat tarif, balki barcha soliq va yigʻim toʻlovlarini toʻlashni ham oʻz zimmasiga oladi. Shuningdek, bayram aktsiyasining har bir ishtirokchisi oʻzi bilan bir nafar hamrohning bepul parvozini rasmiylashtirishi mumkin.

Makka shahridagi ziyoratchilar - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haj safariga imtiyozli ravishda borishadi

Ikkinchi jahon urushining barcha toifadagi faxriy va nogironlariga hamda fashizmning sobiq voyaga yetmagan asirlariga aktsiya oʻtkazilishi davrida Rossiya ichida va quyidagi mamlakatlar orasida uchish imkoniyati beriladi: Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Latviya, Estoniya, Litva, Moldaviya, Gruziya.

"Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi" va "Ulugʻ Vatan urushi nogironi" toifasidagi faxriylarga Rossiya va MDH mamlakatlari hamda Boltiqboʻyi, Gruziyadan Yevropaning quyidagi davlatlariga ham uchish imkoniyati taqdim etiladi: Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Polsha, Ruminiya, Serbiya, Xorvatiya, Avstriya, Chexiya.

Ushbu aktsiya doirasidagi aviatashuvlar faqat shu yilning 3-12 may davrida amalga oshiriladi. Imtiyozli aviabiletlarni rasmiylashtirish 24 apreldan 12 maygacha davom etadi. Aktsiya shartiga koʻra taqdim etilgan aviabiletning amal qilish muddati bir oy.

Aktsiya "Aeroflot" guruhining "Aeroflot" OAJ tijorat boshqaruvidagi reyslarga (SU5000 — SU6999) toʻliq hajmda tatbiq etiladi. Aktsiya "Aeroflot" OAJning boshqa aviamkompaniyalar bilan "kod-shering" kelishuvi boʻyicha amalga oshiradigan reyslariga (SU3000 — SU4999) tatbiq etilmaydi.

Veteranlarga GM Uzbekistan avtomobillari navbatsiz  sotiladi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Fargʻonada urush veteranlarini tabriklashdi

Oʻz navbatida, Sheremetyevo aeroportiga uchib keluvchi faxriylar va ularning hamrohlariga qulay sharoitlar yaratish maqsadida aeroportda mehmonlarni kutib olish boʻyicha tezkor shtab tuzildi.

Faxriylar uchun ustuvor tartib va alohida xizmat koʻrsatiladi. Ularga koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha alohida maʼlumotlar ustunlari oʻrnatiladi.

Terminallardagi tibbiyot punktlari barcha jihoz va dori-darmonlar bilan jihozlangan boʻlib, zarur yordam koʻrsatishga tayyor holga keltirilgan.

Parvozgacha kutish chogʻida faxriylar yuqori qulaylikdagi "Saturn" va "Sirius" zallarida bepul dam olishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala