"Qamchiq" dovonida Oʻzbekiston tarixida eng yirik tunellardan biri quriladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishTunneldagi avtomobillar
Tunneldagi avtomobillar - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi magistral hozirda amalda boʻlgan tunel ostidan oʻtadi, bu esa avtomobil yoʻllari xavfsizligini kuchaytirib, uning sigʻimi ortishiga xizmat qiladi

TOSHKENT, 24 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Qamchiq dovonida yana bitta tunel qurilishi loyihasini ishlab chiqmoqda, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga mamlakat Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasidagi manba.

Qamchiq dovoni - Sputnik Oʻzbekiston
Qamchiq dovonida oʻta ogʻir yukli mashinalarga oʻtish taʼqiqlandi
Taʼkidlanishicha, ayni vaqtda mutaxassislar loyihaning texnik-iqtisodiy asosini yaratmoqda. Bu mustaqil Oʻzbekiston tarixida ushbu sohadagi eng yirik loyihalardan biri boʻladi, deya taʼkidlanmoqda.

"Ayni vaqtda loyihalar instituti mutaxassislari loyihani ishlab chiqishga kirishganlar. U "Qamchiq-2" deb nomlanadi. Bir nechta variantlar muhokama qilinmoqda, shu jumladan, amaldagi tunel ostidan yangi tunel oʻtkazish varianti ham koʻrib chiqilmoqda. Bu uni yanada xavfsizroq qilishga, bugungi kunda faoliyat yuritayotgan ustki tunelni esa zaxiradagi tunel maqomiga oʻtkazishga imkon beradi. Shubhasizki, loyihani amalga oshirish uchun zamonaviy xavfsizlik choralari qoʻllaniladi. Ushbu yoʻnalishda dunyoning old mamlakatlari tajribasi chuqur oʻrganilmoqda", — deb taʼkidlagan suhbatdosh.

Qayd etilishicha, ikkinchi tunel amaldagisidan koʻra enliroq boʻladi. Bu uning oʻtkazish sigʻimi ortishiga hamda zamonaviy ventilyatsiya va yorugʻlik tizimlari bilan jihozlanish imkonini berishi taʼkidlanmoqda.

Loyihaning taxminiy qiymati 175 million dollarga baholangan. Loyiha Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi tomonidan moliyalashtirilishi xabar qilingan. Shuningdek, yirik xalqaro moliyaviy institutlardan biri jalb qilinishi mumkinligi qayd etilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala