Toshkentda Georgiy lentasi aksiyasiga start berildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishGeorgiy lentasi aksiyasi
Georgiy lentasi aksiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonliklar quyida ko‘rsatilgan manzildan Georgiy lentalarini tunu-kun olishlari mumkin

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Rossiyadagi fan va madaniyat markazida Georgiy lentasi aksiyasiga start berildi. Bu haqda Rossotrudnichestvo matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Bayramona salyut - Sputnik O‘zbekiston
9 may Toshkentda bayramona salyutlar bilan nishonlanadi
"Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 72-yilligiga bag‘ishlangan "Georgiy lentasi" aksiyasiga start berildi. Aksiyani qo‘llab-quvvatlashni xohlovchilar Georgiy lentalarini Toshkent shahri, Vosit Vohidov ko‘chasi, 53 uy manzilidan istalgan vaqtlarida olishlari mumkin", deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, "Georgiy lentasi" tadbiri insoniyatning natsizm ustidan g‘alabasi sifatida Rossiya tomonidan dunyoning qator mamlakatlarida G‘alaba kuni arafasida 2005-yildan boshlab o‘tkazib kelinadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0