Jamiyat

Oʻzbekiston va Falastin dolzarb masalalarni muhokama qildi

© Mid UzbekistanaAbdulaziz Kamilov i Mazen Shamiya
Abdulaziz Kamilov i Mazen Shamiya - Sputnik Oʻzbekiston
Falastin Davlati delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi davomida Oliy Majlis, qator vazirlik va idoralarda uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan

TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Falastin tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mazen Shamiya bilan ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, suhbat davomida Oʻzbekiston-Falastin munosabatlari, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Shuningdek, ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralarda Falastin elchisi Muhammad Tarshahani ishtirok etdi.

Falastin Davlati delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi davomida Oliy Majlis, qator vazirlik va idoralarda uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala