MXX Farg‘onada ikki nafar ID tarafdorini qo‘lga oldi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishSotrudnik pravooxranitelnix organov proizvodit arest
Sotrudnik pravooxranitelnix organov proizvodit arest - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyada ishlab yurgan vaqtida ekstremistlar qatoriga qo‘shilib qolgani aniqlandi.

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Milliy Xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari “Islom davlati” terrorchilik tashkilotiga aloqador ikki nafar shaxsni hibsga oldi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Diniy oqimlarga qo‘shilgan 19 yoshli o‘zbekistonlik 7-yilga qamaldi

Farg‘ona viloyatida yashovchi 40 yoshli Alijon Maxmudov va 33 yoshli Orifjon Jo‘rayevlar Rossiyada mehnat migratsiyasi bo‘lgan vaqtida ekstremistlar tomonidan yollangan.

Ular Krasnodar viloyati hududida Turkiyaning “Esta” korxonasida, qurilish ishlarida ishlab yurgan vaqtida Tojikiston va Turkiya  fuqarolari qatorida jihodchilarga qo‘shilib qolgan.

Yashirin tashkilot a’zolari Suriyada jang qilayotgan terrorchilar oila a’zolariga yordam berish uchun 55 ming rubl jamlab, uni Krasnodardagi “Adigeya” masjidiga olib borib berishgan.

Uchitel musulmanskoy religioznoy shkoli, uchit svoix uchenikov - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada o‘smirlarga diniy ta’lim berayotgan noqonuniy "xujra" aniqlandi

Undan tashqari ular Suriyaga borib jangarilar qatoriga qo‘shilishni ham rejalashtirishgan. Ular internet orqali “O‘zbekiston Islom Harakati” sobiq rahbari Tohir Yo‘ldosh va ekstremistlarning boshqa mafkurachilari videolarini tomosha qilishgan.

2015 yilda O‘zbekistonga qaytib kelganidan keyin Alijon Maxmudov o‘zi bilan birga A. Mirzayev, Abdulloh Buxoriy kabi diniy ekstremistlar rahbarlarining ma’ruzalari yozilgan xotira kartalarini olib kelgan. O‘tkazilgan ekspertizada ushbu yozuvlar ekstremistik xususiyatga ega ekani tasdiqlandi.

Farg‘ona viloyati sudi Alijon Maxmudov va Orifjon Jo‘rayevni O‘zbekiston JKning bir necha bandlari bo‘yicha aybdor deb topib, ularni 8 va 7-yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0