Dunyoda

Xitoy oʻzi qurgan avianosetsni butun jahonga koʻz-koʻz qildi

© Li Gang / Xinhua via APXitoy qurgan avianosets
Xitoy qurgan avianosets - Sputnik Oʻzbekiston
Xitoyning samolyotlar uchishi va qoʻnishi uchun moslangan ikkinchi harbiy kemasi Dalyan portida suvga tushirildi. Kema qariyb 3 yil davomida qurilgan

TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Xitoy Harbiy dengiz kuchlari ikkinchi avianosetsga ega boʻladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Xitoy oʻz kuchi bilan qurgan kemaga Type 001A deb nom berilgan.

AQSH harbiylari Gruziyada - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH yemay-ichmay harbiy xarajatlarini oshirishga qaror qildi
"Xitoyning samolyotlar uchishi qa qoʻnishi uchun moslangan ikkinchi harbiy kemasi Dalyan portida suvga tushirildi", — deb xabar qilgan Sinxua agentligi. Tantanali marosimda Markaziy harbiy kengash raisi oʻrinbosari Fan Chanlun qatnashgan. Lenta qirqilgach, avianosets bortiga anʼanaviy shampan vinosini urib sindirishgan.

Xitoylik harbiylar avvaliga avianosetsni 23 aprel — Milliy harbiy-dengiz kuchlariga asos solingan kunda suvga tushirishni rejalashtirishgan. Ammo keyinchalik marosim bir necha kunga kechiktirilgan.

Type 001A haqida bir ogʻiz

Xitoy oʻz kuchi bilan yaratishni xohlagan birinchi avianosets qurilish ishlari 2013 yilning noyabrida boshlangan. Qurilish ishlari bilan Dalian Shipbuilding Industry Company shugʻullangan.

Avianosets uzunligi 315 metrni, eni esa — 75 metrni tashkil qiladi. Kema soatiga 57 km tezlikda harakatlana oladi.

Xitoy OAVlarida keltirilayotgan maʼlumotlarga koʻra, Type 001A bortidan 36 dona "Tszyan-15"(J-15) qiruvchilari foydalanishlari mumkin.

Dunyoda
Tramp Koreya yarimoroliga qurollangan kemalar "armada"sini yuborganini maʼlum qildi
Type 001Aga qadar Xitoy Harbiy-dengiz kuchlari birgina "Lyaonin" avianosetsi bilan qurollangan boʻlgan.

Eng katta avianosetsga qaysi davlat ega?

Zamonaviy avianosetslardan ochiq dengizda harakatlanuvchi aerodrom sifatida foydalaniladi. Bu turdagi kemalarning eng katta kuchi — paluba aviatsiyasi bilan oʻlchanadi.

Bundan tashqari, barcha avianosetslar yadroviy qurol yoxud ballistik raketa bilan ham qurollanishi mumkin.

Ayni kunda eng katta aviatashuvchi flotga AQSH ega. Amerika HDKning shu turdagi 12ta kemasi bor, yana oʻnta kema zaxiraga oʻtkazilgan.

Amerikaliklar bu aviatashuvchilardan oʻzlari ishtirok etgan barcha mojarolarda foydalanishgan.

Shuningdek, zamonaviy avianosetslarga ega mamlakatlar qatoridan: Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Xitoy, Yaponiya, Misr va Janubiy Koreya kiradi.

Avianosets Admiral Kuznetsov - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Admiral Kuznetsov" qanday xizmat qilayotgani namoyish etildi
Rossiya HDK tarkibida bitta avianosets bor. "Admiral Kuznetsov" 1987 yilda suvga tushirilgan boʻlib, 1991 yildan navbatchilikka kirishgan.

Kema 28 samolyot va 24 vertolyot uchun qoʻnish va xizmat koʻrsatish maydoni sifatida xizmat qiladi. Oʻtgan yilning noyabr oyida Su-33 samolyotlari ilk marotaba "Admiral Kuznetsov" bortidan jangovor parvozlarni amalga oshirgan va Suriyadagi terrorchilar pozitsiyalari boʻylab zarba bergan. Oʻsha vaqtdan eʼtiboran kreyser bir necha bor harbiy operatsiyalarga jalb qilingan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala