Hodisalar

Chet ellik firibgarlar Markaziy Osiyo davlatlaridagi banklarni koʻz ostiga olishdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishBankomat
Bankomat - Sputnik Oʻzbekiston
Bank sohasidagi firibgarlik 2010 yildan boshlab keng tarqala boshlagan. Avval bu ish bilan yakka shaxslar shugʻullanishgan boʻlsa, ayni vaqtda - uyushgan jinoiy toʻdalar shugʻullanmoqda

TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Bank sohasida "ish qiladigan" chet ellik firibgarlar orasida Markaziy Osiyo mamlakatlariga qiziqish tobora kuchaymoqda, deb xabar qildi jurnalistlarga IT-SAS kompaniyasining firibgarlikka qarshi kurashish amaliyoti rahbari Dmitriy Konovalov. Sputnik Qirgʻiziston xabari asosida.

Chorshanba kuni Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida "moliya sohasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatarlarni boshqarish va firibgarlikka qarshi kurashish" mavzusida anjuman oʻtkazildi.

Punkt obmena valyut - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda 500 ming dollarga yaqin valyutani oʻzlashtirgan bankirlar jazoga tortildi
Konovalovning soʻzlariga koʻra, 2010 yildan buyon bank sohasida firibgarlik ishlari oʻsib kelmoqda. Agar ilgarilari bu jinoyatlar bilan yakka shaxslar shugʻullangan boʻlsa, ayni vaqtda yirik jinoiy toʻdalar paydo boʻlgan.

Konovalov Qirgʻizistondagi bank sohasida oʻziga xos poyga kuzatilayotganini taʼkidlagan.

"Mana shu poygada koʻpincha xavfsizlikni taʼminlash masalasi inobatga olinmaydi yoki u old masalalar qatoriga kiritilmaydi. Banklarning bosh maqsadi — mijozlarni jalb qilish va foyda olish. Maʼlum bir bosqichda bu muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Yaqinda Qozogʻistonda banklarga kiberhujumlar toʻlqini uyushtirilgani kuzatildi", — dedi ekspert.

Konovalovga koʻra, bugun firibgarlik sarhad bilmaydi: bir mamlakatda oʻtirgan holda, boshqa davlatdan pullarni yechib olish mumkin. Jinoyatchilar ham mudragani yoʻq, ular qayerdan koʻproq daromad olish mumkinligini kuzatib, oʻrganishadi.

Qoʻlga olingan jinoyatchi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qashqadaryoda fuqarolar nomiga soxta kredit rasmiylashtirgan firibgar-bankirlar qoʻlga olindi
"Yevropaning biror bir qismida moʻmayroq pullarni oʻmarish mumkin, ammo himoya darajasi yuqoriligi tufayli bu ishni osonlikcha amalga oshirishning iloji yoʻq. Shu bois, firibgarlar bu muammoga nisbatan kompleks choralar koʻrilmagan mintaqalarni koʻz ostiga olmoqda. Markaziy Osiyo ular uchun juda qiziq — bu yerda banklar faol ravishda rivojlanmoqda, xavfsizlik sohasi esa hali yaxshi oʻzlashtirilmagan", — deya taʼkidlagan Konovalov.

Ekspert banklar oʻz mijozlari hisob raqamlari haqida maʼlumotlar uchinchi shaxslar qoʻliga tushmasligini nazorat qilishlari va maʼlumotlar himoyasini taʼminlash ustida ishlashlari zarurligini qoʻshimcha qilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala