Jamiyat

Fargʻonada yirik zavodda ish oʻrnini salkam 1,5 ming $ga sotgan firibgar qoʻlga olindi

Kuvasoy shahrida istiqomat qiluvchi shaxs, "Kvarts" kombinatiga ishga joylashtirishda yordam berish evaziga fargʻonalik ayoldan tamagirlik yoʻli bilan pul talab qilgan

TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Milliy xavfsizlik xizmati "Kvarts" AJ korxonasiga ish joylarini sotish bilan shugʻullangan xodimni katta miqdorda pul olayotganida qoʻlga oldi.

Viza v pasporte - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
AQShga soxta viza tayyorlash bilan shugʻullanuvchi tovlamachi ayol qoʻlga olindi
Maʼlum boʻlishicha, Quvasoy shahrida yashovchi, "Kvarts" AJda ishlovchi Rahmatullayev Abbosxon, ushbu korxonaga ishga joylashtirishda yordam qilish uchun Fargʻonada istiqomat qiluvchi ayoldan 1,3 ming dollar pul mablagʻini tamagirlik yoʻli bilan talab qilgan. Tezkor tadbir natijasida A.Rahmatullayev Quvasoy shahrida pulni olish jarayonida qoʻlga olingan.

Prokuratura organlari tomonidan qoʻlga olingan shaxs yuzasidan Jinoyat kodeksining bir necha moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgatildi. Shu bilan birga, hozirgi kunda Rahmatullayevning jinoiy aloqalarini toʻliq aniqlash boʻyicha ish davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, "Kvarts" korxonasi Markaziy Osiyoda eng yirik rangli, qoraytirilgan, toblangan oynalar hamda shisha idishlarni ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Korxona mahsulotlari Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Afgʻonistonga eksport qilinadi. 

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala