Hodisalar

Ekspert Tojikistondagi hibsga olishlar haqida: ilgari bunaqasi boʻlmagan

© Foto: Iz lichnogo arxiva Ali AlizodaAli Alizod, nezavisimыy ekspert po ekonomike i politike
Ali Alizod, nezavisimыy ekspert po ekonomike i politike - Sputnik Oʻzbekiston
Tojik siyosatshunosining fikricha, korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlarining yoppasiga hibsga olinishi kadrlar tizimidagi ulkan tozalovning boshlanishi boʻlishi mumkin

TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Dushanbeda davlat moliyaviy nazorat va korruptsiyaga qarshi kurash agentligining 17 nafar xodimi hibsga olindi.

"Tojikistonning yangi tarixida hali bunaqasi boʻlmagan. Bu juda sezilarli qadam. Gap ilgari qilmishlariga koʻz yumib kelingan martabali amaldorlarning qoʻlga olinishi haqida borar ekan bu juda salmoqli ish", — dedi Sputnik Tojikistonga intervyusida mustaqil ekspert Ali Alizod.

Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tojikiston amaldorlari boʻsh vaqtlarida tumanlar nomlarini oʻzgartirish bilan shugʻullanishadi

Yaqinda 18 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Dushanbe kapital qurilish boshqarmasi sobiq rahbari Saidsharif Anvarov bilan bogʻliq jinoyat ishi hibsga olinishlarning asosiy sabablaridan biri sifatida aytilmoqda. Anvarov pora olish hamda "Istiqlol" tibbiy markazi qurilishi vaqtida byudjet pullarini oʻzlashtirishda ayblangan.

"Hozircha bular mish-mish, tasdiqlangan maʼlumot juda kam. Lekin qiymati 60-70 million dollar deb baholangan yaqinda ochilgan tibbiyot markazining bu ishga bogʻliqligi bor. Hozircha katta tozalov ketyapti va ehtimol bu hali hammasi emas", — deb hisoblaydi siyosatshunos.

Hibsga olinganlar orasida tergov boshqarmasi boshligʻi Firuz Xolmurodov va idora boshligʻining sobiq oʻrinbosari Davlatbek Xayrzoda ham bor.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala