Jamiyat

Oʻzbekiston havo yoʻllari "Haj-2017" dasturi doirasida qatnovlarni amalga oshiradi

© Gennady MiskoSamolyot aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolyot aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik Oʻzbekiston
Bu yil dastur doirasida Toshkent-Madina-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha 33 ta qatnov bajarish, 7200 ziyoratchiga xizmat koʻrsatish rejalashtirilgan

TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. 7 avgustdan "Oʻzbekiston havo yoʻllari" Milliy aviakompaniyasi "Haj-2017" dasturi doirasida qatnovlarni bajarishni boshlaydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Torjestvennaya vstrecha novogo Boeing 787 Dreamliner v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston Havo yoʻllari Nyu-Yorkka uzluksiz parvozlarini boshlamoqda

Oʻzbekistonlik "katta haj" amalini bajarishni istagan ziyoratchilar Boing-767 samolyotlarida Saudiya Arabistonining Madina shahriga yetib boradilar.

Bu yil dastur doirasida Toshkent-Madina-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha 33 ta qatnov bajarish, 7200 ziyoratchiga xizmat koʻrsatish rejalashtirilgan.

"Anʼanaviy tarzda parvoz davomida taomlar va yoʻlovchilar uchun barcha qulayliklar yaratishga alohida eʼtibor qaratiladi", deyiladi xabarda.

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK bu yilgi "Umra-2017" dasturi doirasida Toshkent-Jidda-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha 30ta reysni amalga oshirdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala