Jamiyat

Endi qonunbuzar militsionerlar ustidan vazirlikka shikoyat qilish mumkin boʻladi

© 112Uatelefon zvonok goryachaya liniya slujba dispetcher
telefon zvonok goryachaya liniya slujba dispetcher - Sputnik Oʻzbekiston
Ichki ishlar vazirligining Jismoniy-yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi tashkil etildi

TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. 1 may kunidan boshlab oʻzbekistonliklar militsiya xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilishlari mumkin. Bu haqda Oʻzbekiston IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

"Mazkur boshqarma tarkibida "Murojatlarni telefon orqali qabul qilish markazi" tashkil etildi. Markaz 1 may kunidan test rejimida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Militsiya xodimi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda militsiya yangi forma kiyadi

Bu markazning afzallik tomoni shundaki, fuqarolar respublikamizning barcha hududlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri yagona markazlashgan qisqa raqamli ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qilib, oʻzlarining ogʻzaki murojaatlarini amalga oshirishlari mumkin boʻladi", deyiladi xabarda.

Jismoniy-yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni talablariga muvofiq tashkil etildi.

Hozirda Ichki ishlar vazirligining virtual qabulxonasi faoliyat koʻrsatmoqda. Undan tashqari, IIV saytida tezkor murojaat va savol-javoblar uchun ham alohida boʻlimlar ajratilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala