Madaniyat

Shou-biznesmas, toʻy-biznes: Lola Yoʻldosheva oʻzbek sanʼatkorlarini tanqid qildi

Lolaning fikricha, hozir artistlarning hammasi biznes bilan shugʻullanadi, toʻy-biznesi bilan. Shou-biznes dunyosi toʻylar boshqaruvida boʻlgani uchun oʻzbek sanʼatkorlari haqiqiy musiqani yaratishdan qoʻrqishadi

TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Oʻzbek xonandasi oʻz Instagram ida 2002 yilgi kontserti videosi bilan boʻlishdi.

Madaniyat
Oʻzbek estradasiga nazar: zamonaviy qoʻshiqlar haqida luqmalar
"Men qarab turib oʻz koʻzlarim va quloqlarimga ishongim kelmasdi. Men 16 yoshdaman! Mamlakatning bosh sahnasi! Mening qornim ochiq! Koʻylagimning "razrezi"(yirtigʻi demoqchi, tahr.) qulogʻimgacha! Oʻsmirlik maksimalizmi ufurib turibdi! Va oʻsha vaqtda hech kim menga tosh otishni xayoliga ham keltirmagan", — deya izoh qoldirgan xonanda oʻzining "Kelajakka qaytib", deb nomlagan postida.

Xonandaning fikricha, shou-biznes Oʻzbekistonda 15 yilga oqsayapti.

"Biz tanazzulga yuz tutdik. Bizga qoʻshilib tinglovchilarimiz ham. Va 15 yil oldin ega boʻlgan darajamizgacha ijod va yana ijod qilmogʻimiz, bu turgʻunlikni sindirishimiz va yana sindirishimiz lozim.

Biz oʻsha vaqtda yaratgan musiqani aytmaysizmi! Xilma-xil yoʻnalishlar mavjud edi va olgʻa surilardi. Hozir esa artistlarning hammasi biznes bilan shugʻullanadi, toʻy-biznesi bilan! Haqiqiy musiqani yaratishdan qoʻrqishadi. Odatiy holat doirasidan chiqishga qoʻrqishadi. Chunki shou-biznes dunyosini — toʻylar boshqaradi!".

Xonanda mamlakatda roʻy berayotgan oʻzgarishlar tufayli ish oʻlik nuqtadan siljib, "oʻgʻirlangan qoʻshiq va maʼnaviy tushkunlik ruhidagi kliplarga barham berilishiga" umid bildirgan.

Lola Yoʻldoshevaning "toʻy-biznesi" haqidagi fikrlariga qoʻshilish mumkin. Bunday holat bor, buni inkor etib boʻlmaydi. Ammo oʻzini misol keltirishdan oldin xonanda chuqur oʻylab koʻrishi kerak edi. Juda chuqur. "Bu sizga sahnada turib olib, beldan pastini likillatish emas axir".

"Boshi bilan ijodga shoʻngʻigani" uchun Lola Yoʻldosheva oʻsha 2002 yilgi kontsertida sahnaga deyarli yalangʻoch yugurib chiqqandir, ehtimol…

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader