Sport

Ruslan Chagayev Oʻzbekistonga keldi

© Sputnik / Said Tsarnayev / Fotobankka oʻtishRuslan Chagayev i Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadыrov
Ruslan Chagayev i Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadыrov - Sputnik Oʻzbekiston
Ayrim xabarlarga qaraganda, u oʻzi tugʻilib-oʻsgan Andijon shahrida boʻlib turibdi

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Professional boks boʻyicha oʻta ogʻir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Instagramdagi MMA_Uzbekistan sahifasi bokschining Oʻzbekistonda olingan suratini joylashtirgan.

Ruslan Chagayev Uzbekistonga keldi ✅@ruslanchagaev

Publikatsiya ot UZBEKISTAN MMA▫️BOXING (@mma_uzbekistan) May 3 2017 v 6:40 PDT

"Ruslan Chagayev Oʻzbekistonga keldi", deyiladi suratga izohda.

Ayrim xabarlarga qaraganda, u oʻzi tugʻilib-oʻsgan Andijon shahrida boʻlib turibdi.

Ruslan Chagayev 1978 yilda Andijonda tugʻilgan boʻlib, havaskor bokschilar oʻrtasida ikki marta jahon chempioni, Osiyo chempioni hisoblanadi.

U shuningdek, professional boksda ham faoliyat olib borgan boʻlib, afsonaviy bokschi Nikolay Valuyevni magʻlubiyatga uchratib, WBA yoʻnalishida jahon chempioni boʻlgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala