Jamiyat

Oʻzbekistonda yomgʻirli ob-havo boʻlishi kutilyapti

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishYomgʻir
Yomgʻir - Sputnik Oʻzbekiston
6-9 may kunlari Oʻzbekistonda momaqaldiroq boʻlishi va yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, 8-9 may kunlari esa havo 35 daraja isiydi

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Sinoptiklarning xabar berishicha, Oʻzbekistonda dam olish kunlari havo issiq boʻladi, ammo respublika boʻylab kuchli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda.

Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 6-7 may kunlari ayrim joylarda biroz yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 8-may yogʻingarchiliksiz kechadi. 9-may kuni ayrim tumanlarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻladi. Harorat kechasi 12-17 darajani tashkil qiladi, 6-7-may kunlari kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi, 8-9-may kunlari 30-35 darajagacha isiydi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 6-7 may kunlari ayrim joylarga yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. 8-may kuni kechasi va ertalab ayrim tumanlarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi, kunduzi yogʻingarchiliksiz kechadi. 9-may kuni ayrim tumanlarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻladi. Harorat kechasi 12-17 daraja atrofida boʻladi. Kunduzi 28-33 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 6-7-may kunlari ayrim joylarga yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi kutlmoqda. 8 may kuni yogʻingarchiliksiz kechadi. 9 may kuni ayrim tumanlarda yomgʻir va momaqaldiroq boʻlishi kutilmoqda. Harorat kechasi 13-18, 6-7-may kunlari kunduzi — 27-33, 8-9-may kunlari 30-35 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi. 6-7 may kunlari ayrim joylarga yomgʻir yogʻadi. Momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 8-may kuni kechasi va ertalab ayrim tumanlarda yomgʻir, momaqaldiroq boʻlishi, kunduzi esa yogʻingarchiliksiz kechishi kutilmoqda. 6 va 9-may kunlari kunduzi 27-32, 7-8-may kunlari 23-28 daraja issiq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 18-23 daraja issiq boʻladi.

Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, 5-7 may kunlari Oʻzbekistonning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel kelishi xavfi kuzatiladi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala