Siyosat

Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi rahbariga tabrik yoʻlladi

© IA "Kazinform"Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Prezidenti Mun Chje Inni qulay vaqtda mamlakatga tashrif buyurishga taklif etdi

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mun Chje Inni Koreya Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi,deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Pxenyandagi Ryomyon koʻchasi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Janubiy Koreyaning yangi saylangan prezidenti Shimoliy Koreyaga tashrif uyushtirishi mumkin
"25 yillik diplomatik munosabatlar davomida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasida chinakam doʻstona aloqalar, mustahkam strategik hamkorlik munosabatlari, ikki tomon kun tartibining barcha masalalari yuzasidan hamda xalqaro tashkilotlar doirasida konstruktiv muloqot oʻrnatildi", — deb eʼtirof etilgan maktubda.

Qayd etaʼkidlanishicha, tomonlar avtomobilsozlik, mashinasozlik, elektr energetika, neft-gaz, elektrotexnika, toʻqimachilik sanoati, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida investitsion hamkorlik borasida ulkan ijobiy tajriba toʻplagan.

Davlat rahbarining taʼkidlashicha, Oʻzbekiston oʻz tashqi siyosatida izchillik va tadrijiylikni saqlagan holda Koreya Respublikasi bilan doʻstlikni va konstruktiv hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan yoʻldan olgʻa boradi.

Oʻzbekiston Prezidenti Mun Chje Inni qulay vaqtda mamlakatga tashrif buyurishga taklif etdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala