Ehtiyot boʻling qaynoq suv: Toshkentda isitish tizimi tekshiriladi

© Baxtiyor MUSTANOVSamarkandskiye teplotrassы
Samarkandskiye teplotrassы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"Toshissiqquvvati" poytaxt aholisini shahar issitish tizimini rejali tekshiruvdan oʻtkazish vaqti quvurlar yorilib ketish xavfi haqida ogohlantirdi.

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Toshkent shahrida kelgusi issitish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida, 12-19 may kunlari shahar isitish tarmoqlari rejali tekshiruvdan oʻtkaziladi. 

"Toshissiqquvvati" korxonasi xabar berishiga koʻra, tekshiruv davomida issiq suv quvurlarining yorilib ketishi va qaynoq suv avtomobil va piyodalar yoʻllariga otilib chiqishi ehtimoli mavjud. Ushbu munosabat bilan, muassasa haydovchi va piyodalardan, shuningdek maʼmuriy binolar ichida boʻlgan fuqarolardan ehtiyot boʻlishni soʻraydi.

Tekshiruvlar quyidagi jadvalga koʻra amalga oshiriladi:

12 may kuni — TTS-5. Chilonzor: 11-12- kvartal, 11-12, G9 A, 16-20A, 24-26, TS, 20A, Dombrobod massivi, Farxod, Choponota, Bogʻiboʻston, Kichik halqa yoʻli, Naqqoshlik, Qizirobod, Katta Xirmontepa, Shirin, M. Shayxzoda koʻchalari.

16 may kuni TTS-9. Chilonzor: 9, G9A, 10, 13-15, 15A, 21-25, 30, 31 kvartallar, Sharq, Al-Xorezmiy — 1, 2, Beshqayrogʻoch, Guliston, Izza massivlari, Taqachi, Guliston, Shirin, Lutfiy, Katta xalqa yoʻli, Oʻrikzor, Katta Xirmontepa, Kichik xalqa yoʻli, Beshqayrogʻoch, Toʻqimachi, Nashriyot, YU.Sakkoki, Foziltepa, Farxod koʻchalari, Oʻrikzor bozori hududi.

17 may kuni — TTS-1. Mustaqillik shoh koʻchasi, Mirzo Ulugʻbek, Buyuk ipak yoʻli, Qori Niyoziy, Muxammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqoʻrgʻon, 1-chi Oqqoʻrgʻon tor koʻchasi, Osiyo, Navnixol, Buz, Sayram 6-chi tor koʻchasi, Chust, Miraimova, Katta Dorxon, Geologiya, I. Muminov, Niyozbek yoʻli, Kichik xalqa yoʻli, Doʻrmon yoʻli, Shahriobod, Navnixol, Ziyolilar, Mirzokolon Ismoiliy, Bogʻishamol, Parkent, Tamaraxonim tor koʻchasi, Tashselmash, Mavlono Riyoziy, Xamid Olimdjon maydoni massivlari.

17 may kuni ToshTETS (M-5). Amir Temur, Mustaqillik shoh koʻchalari, Navoy, Bobur, Glinki, Afrosiyob, SH.Rashidova, Oybek, YA. Gʻulomov, Buyuk Turon, Istiqbol, Mahtumquli, Islom Karimov, Buxoro, Istiqlol, S. Azimov, Said Baraka, Matbuotchilar, Sayilgoh, Elbek, Kichik xalka yoʻli, Shaxrisabz, T. Shevchenko, Nukus, Kichik Beshagʻoch, Fidokor, A.Kohhor, Moshtabib, Mirobod koʻchalari, TS-1, 2, 4, 5, 7 massivlari.

"Toshissiqquvvati" ushbu noqulayliklar uchun aholdan uzr soʻraydi. Shuningdek, korxona issiqlik tarmoqlarida mavjud boʻlgan nosozliklar haqida 215-72-73 telefon raqami orqali xabar qilishni iltimos qiladi. 

Yangiliklar lentasi
0