Jamiyat

Oʻzbekiston va yana 18 mamlakat sportchilari qonidan doping topildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishProvedeniye analiza v laboratorii
Provedeniye analiza v laboratorii - Sputnik Oʻzbekiston
2008 yilgi Pekin va 2012 yilgi London Olimpiadasida ishtirok etgan 182 nafar sportchi qonidan dopig topildi. Ular orasida bir necha Oʻzbekistonlik sportchilar ham bor.

TOSHKENT, 10 maya — Sputnik. Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi (XOQ) oʻtkazgan qayta tekshiruvdan keyin 2008 va 2012 yilgi Olimpiada oʻyinlari medalistlari analizlaridan 63 ta sportchidan doping topilgan, deb xabar qilmoqda NRK.

XOK matbuot kotibi Alen Lyuntserfixter aytishiga qaraganda, tekshirilgan analizlarning 182 tasida doping borligi aniqlangan. Ushbu sportchilar 19 mamlakat vakillaridir: Rossiya, Belorussiya, Baxreyn, Xorvatiya, Turkiya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Moldaviya, Ukraina, Gruziya, Oʻzbekiston, Yamayka, Xitoy, Yunoniston, Ispaniya, Kuba, Germaniya va Qatar.

XOK xabariga koʻra, 2017 yilning 24 aprel holatiga 111 nafar sportchiga nisbatan sanktsiyalar qoʻllanilgan. Ulardan 65 nafari 2008 yil Olimpiada ishtirokchilari va 46  nafari 2012  yil Olimpiada ishtirokchilari.

Doping topilgan sportchilardan 61 nafari Olimpiada oʻyinlari medalllari sohiblari.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala