Hodisalar

MXX tovlamachilik bilan shugʻullangan Sirdaryo tumani IIB xodimini qoʻlga oldi

© TSOS FSB RF / Fotobankka oʻtishJinoyatchining qoʻlga olinishi
Jinoyatchining qoʻlga olinishi - Sputnik Oʻzbekiston
Sirdaryo tumani IIB katta tezkor xodimi sirdaryolik ayoldan 2 ming dollar pora olayotganda qoʻlga tushdi. MXX maʼlumotiga koʻra, huquq-tartibot xodimi olingan tovon evaziga ayolning akasiga nisbatan yuritilayotgan jinoyat ishini boshqa moddaga qayta kvalifikatsiya qilishda yordam bermoqchi boʻlgan

TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Sirdaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi katta tezkor xodimi Zafar Husanov yirik miqdorda valyutani olayotgan paytda Milliy xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

Skrepleniye pechatyami - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
MXX hokim qarorlarini soxtalashtirish bilan shugʻullanuvchi tovlamachilarni ushladi
28 yoshli Zafar Husanov, oʻz mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilib, yuritilayotgan jinoiy va maʼmuriy ishlar boʻyicha muntazam ravishda tovlamachilik yoʻli bilan fuqarolardan pul talab qilgan, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga MXX xodimi.

“Husanov fuqaro A.Adan 2 ming dollar olayotgan paytda qoʻlga olindi.  U bu pullar evaziga ayolning akasiga nisbatan yuritilayotgan jinoyat ishini Jinoyat kodeksining boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilinishiga yordam bermoqchi boʻlgan”, — dedi MXX xodimi Sputnik muxbiriga.

Sirdaryo viloyati prokuraturasida Husanovga nisbatan Jinoyat kodeksining qator moddalari boʻyicha jinoyat ishi koʻzgʻatilgan, tergov ishlari olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala