TOSHKENT, 12 may — Sputnik. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ xodimlari uchun Xitoy Xalq Respublikasining quyidagi universitetlarida magistratura dasturi boʻyicha oʻqishga tanlov eʼlon qilindi:
1. Southwest Jiaotong University — Rail Transit Electrification and Information Technology Master's Program.
2. Central South University — 2017 Master's Degree Program in Transportation Engineering.
3. Beijing Jiaotong University — Master Programs In Traffic and Transportation Engineering (Railway Operation and Management).
Oʻqish istagida boʻlgan nomzodlar 40 yoshdan oshmagan, hozirgi kunda aktual IELTS yoki TOEFL testlari natijasiga ega boʻlgan boʻlishi kerak. Bundan tashqari, tibbiyot maʼlumotnomasi, diplom va attestat nusxalari, ingliz tilida tarjimai hol va tavsiyanoma, pasport va xorijga chiqish ruxsatnoma-stiker nusxalari topshirilishi talab qilinadi, deb maʼlum qiladi "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ matbuot xizmati.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.